AQŞ Davlat departamenti öz xodimlarini idoraga yuz berişi mumkin bölgan ehtimoliy kiberhujumlar haqida ogohlantirdi. Bu haqda Politico xabar qilmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, idoraning ikki mingdan ortiq xodimi bir oy davomida zararli dasturiy ta'minotga ega bölgan elektron maktublar va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar olgan.
Xodimlarni şunday xabarlar haqida ma'lum qilişga çaqirişdi, bu mutaxassislar «Davlat departamentiga qarşi kiberhujumlar kölamini» tuşunişi uçun muhim.
«Xodimlarga Davlat departamentiga qarşi yönaltirilgan amaldagi kiberamaliyotlarga boğliq şubhali faoliyat haqida xabardor bölib boriş tavsiya etiladi», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft Word fayllari xavfli virus taşuvçisiga aylangani xabar berilgandi. AQŞ va Yaqin Şarqda joylaşgan moliyaviy va IT-kompaniyalar köp bosqiçli kiberhujum obektiga aylangan. Virus korxona xodimlari elektron poçta orqali oluvçi Microsoft Word fayllari bilan birga kelgan. Hujjatlarda ziyon yetkazuvçi FormBook dasturiy ta'minoti yuklanişi uçun javob beruvçi maxsus HTML-teglar yaşiringan. Virus algoritmi faollaşuvi uçun makroslarni bajariş talab etilmaydi.

















