Jahon | 21:08 / 01.05.2018
2147
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi portlashlarda 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi 

Foto: Global Look Press/Zhang Baoping

Nigeriyaning Mubi shahrida masjid ichida va uning tashqarisida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Shtat politsiyasi komissarining ma'lum qilishicha, voqea 1 may kuni soat 13.00da yuz bergan. Terrorchi-xudkushlardan biri masjid ichida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. So‘ngra masjiddan 200 metr nariroqda yana bir terrorchi o‘zini portlatgan.

Ma'lum qilinishicha, yana 10 dan ko‘proq odam yaralangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid