Armanistonda bosh vazir saylovlarining ikkinchi turi qachon o‘tishi aytildi
Armanistonda bosh vazir saylovlarining ikkinchi turi parlamentning 8 may kuni tashkil etiladigan maxsus yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy yig‘ilish spikeri Ara Babloyanning bayonotida aytilgan.
"Milliy yig‘ilish (parlament) reglamentiga ko‘ra, bosh vazirni saylash masalasi 8 may kuni soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da MY maxsus majlisida ko‘rib chiqiladi", - deyiladi parlament saytida joylashtirilgan Babloyanning bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston parlamenti mamlakat bosh vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida ko‘rsatilgan muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyanni ushbu mansabga saylamagani xabar berilgandi. Pashinyan parlamentariylar qaroriga o‘z munosabatini bildirarkan, g‘alabaga qadar Yerevan shahrida miting bo‘lishini bildirdi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024