Yevropa ittifoqi Armanistondagi siyosiy mojaro tomonlari, jumladan huquqni muhofaza qiliş organlari va muxolifat iştirokçilarini vazminlikka çaqiradi. Bu haqda RIA «Novosti» Yevropa taşqi siyosat xizmati bayonotiga asosan xabar qilmoqda.

«Barça manfaatdor tomonlar, jumladan huquqni muhofaza qiliş organlari hamda yiğilişlar va fikr erkinligiga bölgan huquqidan foydalanayotganlar keskinlikdan qoçişi hamda vazminlik va mas'uliyatni körsatişi juda muhim. Bu sönggi kunlarda kuzatilgandek bölişi kerak», - deya xabar qilinadi bayonotda.

Avvalroq, Armaniston parlamenti mamlakat boş vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida körsatilgan muxolifat yetakçisi Nikol Paşinyanni uşbu mansabga saylamagani xabar berilgandi. Paşinyan parlamentariylar qaroriga öz munosabatini bildirarkan, ğalabaga qadar Yerevan şahrida miting bölişini bildirdi.