Jahon | 18:01 / 03.05.2018
11795
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: AQShdan boshpana so‘ragan rossiyaliklar haqidagi ma'lumot shubhali

Foto: Artem Sizov/«Gazeta.Ru»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShga boshpana taqdim etish iltimosi bilan murojaat qilgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetgani haqidagi ma'lumotning haqiqiyligini shubha ostiga oldi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Peskovdan OAVda Amerika tomonidan boshpana so‘ragan Rossiya fuqarolari soni rekord darajaga yetgani haqida paydo bo‘lgan ma'lumotga izoh berish so‘ralgan.

«Biz bu ma'lumotlar qanchalik to‘g‘ri ekanini bilmaymiz. Yolg‘on axborot juda ko‘p, barcha raqamlarga juda ehtiyotkorlik bilan qarash kerak. Shunchaki ishonib ketish ham kerak emas», - dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Amerikadan bo‘lgan yuzlab migrantlar AQSh bilan chegarada to‘planib olgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid