Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov AQSh va G‘arb davlatlarini yana ayblab chiqdi
Foto: RIA «Novosti»
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarga izoh berdi. Bu haqda u Italiyaning Panorama jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda va endi uni avvaldan taxmin qilish ancha mushkul.
«Biz bir necha marta ta'kidlab o‘tganmizki, bunday vaziyat – birinchi navbatda, AQSh va uning ostida bo‘lgan ba'zi g‘arb davlatlarining to‘xtamayotgan bir tomonlama harakatlari natijasi», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ularning xatti-harakati keskinlik va ishonchsizlik hamda noaniqlik kayfiyatini kuchaytirmoqda, shuningdek, xatolar yuz beradigan bo‘lsa, global oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
«Rossiya «u tomondan» sog‘lom aql g‘alaba qozonishini xohlaydi... Biroq bu «sog‘lom aql» G‘arb yetakchilarining kollektiv mas'uliyatli va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan, BMT Nizomiga asosan xalqaro huquqqa so‘zsiz rioya etishi imkoniyatini nazarda tutadi. Biz so‘nggi paytlarda bu borada biroz shubhaga borishga majbur bo‘lmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergey Lavrov AQSh, o‘z bayonotlariga qaramay, Suriya hududini tark etishni mo‘ljallamayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 28.12.2025
BMTning vazifasini AQSh bajarmoqda – Tramp
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
17:00 / 28.12.2025
Putin yana harbiy formada yig‘ilish o‘tkazdi. Lavrov Yevropani «tinchlik yo‘lidagi asosiy g‘ov» deb atadi
15:14 / 27.12.2025