Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoyga muzokarachilar delegatsiyasi yetib borganini ma'lum qildi
Foto: Saul Loeb/Pool Photo via AP
AQSh prezidenti Donald Trampning xabar berishicha, Xitoyga savdo muzokaralari bo‘yicha Amerika delegatsiyasi tashrif buyurgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.
«Bizning ajoyib moliyaviy jamoamiz Xitoyda, u savdoda teng sharoitlar haqida kelishib olishga urinmoqda. Men prezident Si [Tszinpin] bilan uchrashuv yaqin kelajakda tashkillashtirilishini intiqlik bilan kutyapman. Bizda har doim yaxshi (ajoyib) munosabatlar bo‘ladi!» - deya yozgan Tramp.
Delegatsiyaga AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin rahbarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh harakatlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025