Xitoy Tijorat vazirligi rasmiy vakili Gao Fenning ma'lum qilişiça, mamlakat hukumati AQŞning iqtisodiy sohadagi harakatlarini kuzatib bormoqda va savdo mojarosi keskinlaşadigan bölsa, tegişli javob çoralarini tayyorlab qöydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Biz Amerika tomonining tegişli bayonotini eşitdik. Men şuni ta'kidlab ötişni xohlardimki, Xitoy istalgan protektsionistik va bir tomonlama harakatlarga qat'iy qarşi çiqadi. Xitoy AQŞ bayonotlari hamda xatti-harakatlarini kuzatmoqda, biz Vaşington tomonidan ehtimoliy harakatlarga reaksiya bildiriş uçun tegişli çoralarni tayyorlab qöydik», - dedi Gao Fen Qöşma Ştatlarning iqtisodiy siyosatiga nisbatan javob çoralari töğrisidagi savolga töxtalar ekan.

Vakilning ta'kidlaşiça, Xitoy kompaniyalari uzoq vaqt davomida AQŞ hududidagi biznesga sarmoya yönaltirdi va mamlakat iqtisodiyotiga «jiddiy hissa» qöşdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy TIV rasmiy vakili Lu Kan KXDR yetakçisi Kim Çen Inning yadroviy sinovlarni töxtatiş haqidagi qarori yarim orol yadrosizlanişiga turtki berişi haqida ma'lum qilgandi.