Jahon | 23:24 / 03.05.2018
36581
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda oq rangli mashinalardan tashqari barcha mashinalar taqiqlanadi

Foto: Xronika Turkmenistana

Turkmanistonda qora rangli mashinalar “shov-shuvli” taqiqlanganidan keyin hukumat oq rangdagi mashinalardan tashqari barcha boshqa rangdagi mashinalarni ham taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri ma'lum qildi.   Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ashxobod aholisi viloyatlarga qora rangdagi mashinalarni amal-taqal qilib sota olayotgan edi, biroq u yerlarda ham bunday mashinalar ro‘yxatga olinmay qo‘ygan. Shu sababli poytaxt aholisi mashinalarini bo‘yashiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu xizmatga talab ortgani sababli narx-navo ham keskin ko‘tarilib ketgan. 

Ayni vaqtda mashinani bo‘yash 18 ming manat – rasmiy kurs bo‘yicha 5143 dollar yoki “qora bozor” kursi bo‘yicha 1125 dollarni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, kichikroq xususiy avtoservislarda mashinani 8-14 ming manatga bo‘yatish ham mumkin, biroq 4-6 ming manatli joylarni topsa ham bo‘ladi, ammo sifat ham shunga “yarasha” pastroq bo‘ladi. 

Bundan tashqari, Ashxobodda oq rangdagi bo‘yoq tanqisligi yuzaga kelgan. 2 oy avval 4,2 kglik oq kraska bankasi (BAAda ishlab chiqarilgan) 1500 manat turgan bo‘lsa, aprelda uning narxi 1,5 barobar ko‘tarilib ketgan. 

Nashr muxbirlarining ma'lum qilishicha, 25 may kuni nishonlanadigan Ashxobod kunini aholi faqatgina oq mashinalarda kutishlariga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid