Jahon | 10:05 / 04.05.2018
15039
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiyaning Rossiya bilan bitimidan tashvishda ekanini yana bildirdi

Foto: Mixail Xodarenok/«Gazeta.Ru»

AQSh ma'muriyati Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlari xarid qilishi bo‘yicha qaroridan tashvishda ekanini yana bir bor bildirdi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert ma'lum qilgan.

«Biz Turkiyaning S-400 xarid qilishi tufayli jiddiy tashvishdamiz. NATO bilan kelishuvlarga muvofiq – Turkiya esa alyans a'zosi sanaladi, - ular faqat NATO bo‘yicha boshqa hamkorlarga mos tushuvchi qurol yoki boshqa vositalarni sotib olishi lozim», - deya aytib o‘tdi u.

Shuningdek, u AQSh davlat kotibi yordamchisi Ues Mitchelalning bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi. Mitchelal Rossiyadan zenit raketa majmualarini xarid qilish Turkiyaning F-35 qiruvchisi dasturida ishtirok etishiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQShning tahdidlariga qaramay, S-400 bo‘yicha bitimni yopganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid