Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShning tahdidlariga qaramay, S-400 bo‘yicha bitimni yopganini ma'lum qildi
Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olsa, unga qarshi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilayotgan AQShning pozitsiyasi Anqaraga maqbul kelmaydi, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushg‘o‘lu. Uning ta'kidlashicha, S-400’ni sotib olish bo‘yicha bitim poyoniga yetdi, biroq Turkiyaga qo‘shimcha havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari zarur va shu sababli u ittifoqdoshlarining takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Turkiya hukumati uni sanksiyalar bilan qo‘rqitmaslikni talab qilmoqda, deb xabar berdi Press TV.
“Agar sotib olsangiz, biz sanksiyalar kiritamiz” pozitsiyasi Turkiyaga ta'sir qilmaydi. Turkiya bunga ko‘nmaydi. Agar biz kelgusida birgalikda nimadir qila olishimizni muhokama qilsak, unda marhamat, biz tayyormiz”, deb aytgan Chovushg‘o‘lu. U bu haqda NATO sammitida amerikalik hamkasbi Mayk Pompeo bilan uchrashuvdan keyin aytgan.
Nomi ma'lum qilinmagan amerikalik amaldorning ta'kidlashicha, Pompeo Turkiyani Rossiya majmualari o‘rniga NATO tizimlariga e'tibor qaratishga chaqirgan. AQShning ta'kidlashicha, S-400 majmualari NATO davlatlarida qo‘llanuvchi majmualarga mos kelmaydi.
Anqara 2017 yil dekabrida S-400’ni sotib olish bo‘yicha 2,5 mlrd dollarlik kelishuvni imzolagan. Chovushg‘o‘lu S-400 bo‘yicha bitim yopilganini va Anqara ittifoqdoshlaridan qo‘shimcha majmualarni sotib olishni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan.
“Biz S-400 bo‘yicha bitimni yopdik. Bu hal qilingan ish. Bizga ko‘proq mudofaa tizimlari zarur. Biz keyingi xaridlarni muhokama qilishimiz mumkin”, deb aytgan Chovushg‘o‘lu.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya majmualarining xarid qilinishi “Turkiyaning milliy qarori” ekanligini va Vashingtonni Anqara bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026