Jahon | 11:01 / 05.05.2018
5893
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Eron TIV rahbari bilan uchrashgan - OAV

Foto: ANDREW HARRER/BLOOMBERG/

AQSh sobiq davlat kotibi Jon Kerri 2018 yilda Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif bilan bir necha marotaba uchrashib, yadroviy kelishuvni muhokama qilgan. Bu haqda The Boston Globe manbaga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Kerri va Zarif kelishuvni saqlab qolishning turli variantlari ustida so‘z yuritgan.

Nashr muzokaralar qanday natija keltirganini xabar qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQShning Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi oqibatlari haqida aytgandi. Uning ma'lum qilishicha, AQSh Eron bo‘yicha yadroviy kelishuvdan chiqsa, dunyo yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha eng muhim hujjatlardan birini yo‘qotadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid