Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitobdagisi emas, ko‘ngildagisi - ilmdir
Kitob to‘plab, ularning miqdori bilan maqtanib yuradigan odamlarni ilmli deb bo‘ladimi? Hatto shaxsiy kutubxonasida uch mingdan ortiq kitobi bor odamni bilaman. Negadir u «Shu kitoblarning hammasini o‘qiganmisiz?» degan savolni xush ko‘rmaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u boy kutubxonasi bilan maqtanar ekan, o‘qishga hali ulgurishini ham qo‘shib qo‘yadi. Ammo meni bir savol qiziqtiradi: Kitob ilm bulog‘i ekani rost, ammo kitobga ega bo‘lgan odam ilmli sanaladimi? Yo‘q! Kitobdagisi emas, ko‘ngildagisi, ya'ni o‘qib, uqilgan ilm — ilmdir.
Bu haqda ulug‘ alloma Abu Homid G‘azzoliyning bir hikoyati bor. U shunday rivoyat qiladi:
— Jurjondan Tusga qaytishimda yo‘lda qaroqchilar uchrab, hamma narsamni tortib olishdi. Ularga «Molimni sizlarga baxshida etdim, faqat xaltamdagi bir dasta qog‘ozlarimni qaytarib beringlar, ular sizlarga kerak emas» deb yalindim. O‘g‘rilar boshlig‘ining rahmi kelib, dedi:
— Xaltangdagi qog‘oz shu darajada qimmatlimi, nega unga yopishib olding?
Men aytdim:
— Ular ilm izlab yurganimda bilgan va o‘qiganlarimni yozib, to‘plab yurgan bilimlarim.
O‘g‘rilar boshlig‘i dedi:
— Dars o‘qidim, bilim oldim deganing nimasi, sendan qog‘ozlaringni olib qo‘ysak, bilimsiz bo‘lib qolar ekansan-da?! Qaroqchilar o‘g‘irlaydigan, tortib oladigan ilm ham ilm bo‘ldimi?
O‘g‘rilar sardori tomonidan aytilgan bu so‘zlar G‘azzoliyga Allohning hidoyatidek tuyulib, «O‘rgangan narsam o‘zimda qolsin» deya yozganlarining barchasini uch yil davomida xotirasiga muhrlagan ekan.
Zuhal RO‘ZIYeVA
Mavzuga oid
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026
Xayrulla Asadov jarimaga tortilib, yuzta kitobi musodara qilindi
16:53 / 20.02.2026
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “Erkin millat poydevori” nomli kitobini taqdim etdi
14:09 / 16.01.2026