Ukraina hukumati uchun RFga qarshi vazifalar fuqarolardan ham muhim – Rossiya
Rossiya Davlat dumasining Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sergey Krivonosov Ukraina Sport vazirligi rahbari Igor Jdanovning Rossiyadagi musobaqalarga yo‘l olayotgan ukrainalik sportchilarni moliyalashtirish to‘xtatilishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda «Sovetskiy Sport» xabar qilmoqda.
«Bu navbatdagi nodo‘stona qadam bo‘lib, undan birinchi navbatda sportchilar jabr ko‘radi. Biroq, aftidan, Ukraina hukumati uchun Rossiyaga qarshi siyosat bilan bog‘liq vazifalar o‘z fuqarolaridan ham muhimroq shekilli», - deya ma'lum qildi Krivonosov.
5 may kuni Ukraina Sport va yoshlar vazirligi rahbari Igor Jdanov feysbukdagi sahifasida vazirlik Rossiyadagi musobaqalarga borayotgan ukrainalik sportchilarni moliyalashtirmasligi haqida yozgandi.
«Umid qilamizki, vaqt o‘tib ular o‘z qarorini o‘zgartiradi, sababi hozir bu vaziyat demokratik va ikki birodar xalq tarixi bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Hozircha bu umuman o‘ylamay qo‘yilgan qadam, u Ukraina sportiga zarar yetkazadi», - deya xulosa qilgan rossiyalik amaldor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov Rossiya Ukraina sharqida «yangi lazer qurolidan» foydalanayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:49 / 10.10.2024
«Biz bu haqida gaplashmadik». Zelenskiy ittifoqchilar bilan o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilganini rad etdi
22:10 / 10.10.2024
Rus qo‘shinlari Donbassda ilgarilamoqda. Tahlilchilar nima deydi?
13:30 / 10.10.2024
Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari - Zelenskiyning «tinchlik formulasi» tarafdori
13:20 / 10.10.2024