Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning ma'lum qilişiça, Rossiya Ukraina şarqida «yangi lazer qurolidan» foydalanmoqda. Bu haqda «Segodnya» portali xabar berdi.

Avakov Ukraina Davlat çegara xizmatining 100 yilligi munosabati bilan mukofotlangan çegaraçilarni taqdirlaş marosimida iştirok etdi. Uning sözlariga köra, mukofotlangan harbiy xizmatçilardan biri Donbassda «ruslarning lazer qurolidan» jabrlangan.

«Bu birinçi, ikkinçi va uçinçi holat emas. biz hozirda aksilçoralarni körmoqdamiz, biroq tajovuzkor ruslar bizga qarşi yangi qurolni qöllayotganini bemalol ayta olamiz», - degan vazir.

Şu bilan birga, Avakovning ta'kidlaşiça, kuçişlatar xodimlar hozirça aniq nima qöllanilayotganini tuşunişmayapti. Uning qöşimça qilişiça, Ukrainada lazer quroliga filtrlar, maxsus qurilmalar va közoynaklar yordamida qarşi kuraşişadi.

Ukraina TIV rahbarining xulosa qilişiça, u vaziyatni xalqaro darajada ham muhokama qilmoqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ukrainalik admiral Kerçen böğozi blokadasiga tayyor turişga çaqirgandi.