Jahon | 18:49 / 08.05.2018
7238
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Nikol Pashinyanni bosh vazir etib tayinladi

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Armaniston prezidentining rasmiy saytida shu haqida xabar berildi.

"2018 yilning 8 mayida Milliy kengashda saylanishi hamda Konstitutsiyaning 149 (5) moddasiga muvofiq Nikol Pashinyan bosh vazir etib tayinlansin", - deyiladi farmonda.

Foto: newsarmenia

Seshanba kuni Armaniston Milliy kengashi (parlamenti) muxolif siyosatchi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi va  «Yelk» fraksiyasi a'zosi Nikol Pashinyanni Armaniston bosh vaziri etib saylangandi. Uning nomzodi uchun parlamentning 59 nafar deputati ovoz berdi, 42 kishi qarshi chiqdi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid