YeI Ukraina sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ko‘rib chiqishi mumkin
Yevroittifoq davlatlarining doimiy vakillari qo‘mitasi bugun, 8 may kuni, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu Ukraina hududiy yaxlitligiga zarar yetkazganlik uchun ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» yig‘ilish kun tartibiga tayangan holda.
«Ukraina yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga zarar yetkazuvchi yoki tahdid qiluvchi harakatlarga nisbatan cheklov choralari – yangi ro‘yxatlar», - deyiladi kun tartibidagi bandlardan birida.
Ta'kidlanishicha, doimiy vakillar qo‘mitasi Yevropa kengashi kun tartibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqyapti, biroq qo‘mita yig‘ilishida yakuniy qarorlar odatda qabul qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov Rossiya Ukraina sharqida «yangi lazer qurolidan» foydalanayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:49 / 10.10.2024
«Biz bu haqida gaplashmadik». Zelenskiy ittifoqchilar bilan o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilganini rad etdi
22:10 / 10.10.2024
Rus qo‘shinlari Donbassda ilgarilamoqda. Tahlilchilar nima deydi?
13:30 / 10.10.2024
Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari - Zelenskiyning «tinchlik formulasi» tarafdori
13:20 / 10.10.2024