Jahon | 01:21 / 09.05.2018
27040
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh darhol Eronga talablarini e'lon qildi

Rasmiy Oq uy Erondan qit'alararo raketalarni yaratishdan voz kechishdan tortib o‘z talablarini e'lon qila boshladi.

«​Prezident Tramp hammasi aniq ifodaladi: Eron yadro qurolini yaratishdan tashqari, qit'alararo raketalardan ham voz kechishi lozim. Hukumat tomonlarga yadroviy hujum qilish xavfini oshiruvchi qurollarni tayyorlashdan tiyilishi kerak»​, deyiladi Oq uy xabarida.

«​Shuningdek, Eron Hizbulloh, XAMAS, Tolibon va Al-Qoida kabi xalqaro terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatishi shart. Mintaqada ommaviy ravishda Isroilni ”yo‘q qilib tashlash“ kabi tahdidlarni bas qilib, Yamandagi husiylarni qurol bilan ta'minlashni tugatishi kerak»​, deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, prezident Donald Tramp Eron bilan erishilgan yadro kelishuvidan chiqishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid