Jahon | 19:51 / 09.05.2018
15589
1 daqiqa o‘qiladi

«Biz tayyormiz». Pashinyan Turkiya bilan munosabatlar haqida gapirdi

Foto: RIA Novosti /Aram Nersesyan

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni dastlabki shartlarsiz yo‘lga qo‘yishga tayyor, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning bayonotiga asosan.

«Turkiya dastlabki shartlarni ilgari surmoqda va bu mantiqan noto‘g‘ri, sababi ular uchinchi davlat (Ozarboyjon – tah.) bilan munosabatlardan kelib chiqyapti. Armaniston esa Turkiya bilan munosabatlarni dastlabki shartlarsiz yo‘lga qo‘yishga tayyor, biz armanlar genotsidi xalqaro tan olinishi siyosatiga sodiq bo‘lib qolamiz», - dedi Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat yangi genotsidlarning oldini olish lozimligi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Pashinyanni tabriklagani xabar berilgandi

 

Mavzuga oid