AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Armaniston yangi boş vaziri Nikol Paşinyanni bu lavozimga saylangani bilan tabriklaydi va yangi hukumat bilan qalin hamkorlik qilişga umid bildirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

«Qöşma Ştatlar Nikol Paşinyanni Armaniston yangi boş vaziriga aylangani bilan tabriklaydi. Biz yangi hukumat va Armaniston xalqi bilan mamlakatlarimiz manfaati mos keladigan köplab sohalarda qalin hamkorlik qilişga umid bildirmoqdamiz. Jumladan, savdo, demokratiyani qöllab-quvvatlaş va huquq ustuvorligi hamda mintaqaviy va global xavfsizlikni qöllab-quvvatlaşga katta e'tibor qaratamiz», - deya ma'lum qildi Nauert.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston prezidenti Paşinyanni iste'dodli siyosatçi deb atagandi.