Sport | 17:35 / 09.05.2018
4689
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» «Sevilya»ga qarshi ikkinchi tarkibni tushiradi

Ispaniya chempionati 34-turining qoldirilgan o‘yinida «Real» kuchsizlangan tarkibda harakat qiladi.

Bosh murabbiy Zinedin Zidan Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich, Keylor Navas, Marselo, Toni Kroos va Rafael Varanni o‘yin qaydnomasiga kiritmagan. 

Bundan tashqari, Garet Beyl diskvalifikatsiya tufayli, Dani Karvaxal va Isko esa jarohati tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

«Real» Ispaniya chempionati 35 turidan so‘ng, 72 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid