O‘zbekiston | 11:26 / 10.05.2018
7902
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning 3ta shahrida o‘zbekcha konsert bo‘ladi

Tokio/Foto: Livejournal

Joriy yilning 14-22 may kunlari Yaponiyada O‘zbekiston haftaligining ochilish konsert marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, konsert namoyishlari Yaponiyaning Tokio, Nagoya va Osaka shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Ilk bora tashkil etilayotgan O‘zbekiston haftaligi yaponiyaliklarda katta taassurot qoldiradi degan umiddamiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 9-11 may kunlari O‘zbekistonga Luvr muzeyi (Parij sh.) direktori janob Jan-Lyuk Martines boshchiligidagi Fransiya delegatsiyasi tashrif buyurishi kutilayotgani haqida xabar berilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid