Jahon | 12:13 / 11.05.2018
7356
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilni tajovuzkorlikda aybladi

Foto: REUTERS

Eron TIV rasmiy vakili Bahrom Qosimiy Isroilning Suriyadagi Eron obektlariga qarata berilgan raketa zarbalarini qoraladi va ularni tajovuzkorlik akti hamda suverenitetning buzilishi, deb atadi. Bu haqdagi tegishli bayonot Eron TIV saytida e'lon qilingan.

«Sionistik rejimning Suriyaga davom etayotgan zarbalari va ular tomonidan mamlakat suverenitetining qo‘pol tarzda buzilishi, ayniqsa so‘nggi kunlarda, juda tajovuzkor ko‘rinish oldi», - deya ma'lum qildi Qosimiy.

Shuningdek, spikerning ta'kidlashicha, Isroil «barcha xalqaro normalar, qoidalar va standartlarga» zid ravishda harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Suriya hududidagi o‘nlab harbiy obektlarga hujum qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid