Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy nega Singapur tanlanganini tushuntirib berdi
Foto: Flickr/Lenny K Photography
Singapur AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi joyi sifatida neytrallik va xavfsizlik nuqtai nazaridan tanlandi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uy vakili bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Xavfsizlik, joylashgan yer, neytrallik», - deya aytib o‘tgan amaldor.
Uning ta'kidlashicha, sammit «uzaytirish imkoniyati bilan bir kun» davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN telekanali vaziyatdan xabardor ikki manbaga asosan AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapurda uchrashishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:55 / 13.02.2026