Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN Tramp va Kim Chen Inning uchrashuv joyini ma'lum qildi
Foto: REUTERS/KCNA
AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapurda uchrashishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali vaziyatdan xabardor ikki manbaga asosan xabar tarqatdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, prezident ma'muriyati xodimlariga Tramp va Kim Chen Inning Singapurdagi uchrashuvi rejasini ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berilgan. Ta'kidlanishicha, uchrashuv joyi haqidagi yakuniy qarorni Tramp qabul qilishi kerak.
Avvalroq, Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv joyini uch kundan so‘ng ma'lum qilishi haqida aytgandi.
«Biz bu uchrashuv joyini uch kun davomida e'lon qilamiz», - degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Koreya yarim orolida tinchlikka erishish uchun majburiy shartni aytgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026