Jahon | 08:26 / 11.05.2018
13430
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp nima yadroviy urushga olib kelishini aytdi 

Foto: SAUL LOEB/AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilib, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «yaxshi munosabatlarda» ekanini ma'lum qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Men Kim Chen In bilan butun dunyoda tinch kelajak va farovonlik bo‘lishi uchun uchrashmoqdaman, bizning munosabatlar yaxshi darajada», - deya aytib o‘tdi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «feyk xabarlar» uning xatti-harakatlari yadro urushiga olib kelishini iddao etmoqda.

«Sizlar yadro urushiga nima olib kelishini bilasizlarmi? Kuchsizlik», - deya ma'lum qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Tramp bilan uchrashuv yorqin kelajakni qurishga qo‘yilgan qadam bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid