«Tarixiy uchrashuv Koreya yarim orolidagi ijobiy o‘zgarishlar va yorqin kelajakni qurishga qo‘yilgan ajoyib birinchi qadamga aylanadi», - deya aytib o‘tdi Kim Chen In.
Xabar qilinishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muzokaralar natijasi bo‘yicha shunday bayonot bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Tramp va Kim Chen Inning uchrashuv joyini ma'lum qilgandi.











