AQSh O‘zbekistonni JSTga a'zo bo‘lish jarayonida qo‘llab-quvvatlamoqda
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va Jahon Banki guruhi Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda hukumat mulozimlari va manfaatdor tomonlarni Jahon savdo tashkiloti (JST) jarayoni va uning O‘zbekiston uchun potensial oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirishga yordam berish maqsadida shu hafta Toshkentda “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini yangidan boshlash” mavzusida seminar tashkil etadi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bergan.
O‘zbekiston chegaralar osha savdo-sotiq oqimini osonlashtirishga qaratilgan ko‘p tomonlama harakat uchun mas'ul sanalgan JSTga a'zo bo‘lish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Ushbu jarayonni aniq-tiniq tushunib olish a'zolikni ko‘zlagan O‘zbekiston uchun juda muhimdir.
Tadbirda JST va savdo munosabatlari bo‘yicha katta tajriba orttirgan xalqaro ekspertlar tashkilotga kirish bilan bog‘liq murakkab jarayon xususida so‘zlaydi hamda Afg‘oniston, Gruziya, Qozog‘iston va Tojikiston misolida JSTga a'zo bo‘lishga oid tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.
Seminarda nutq so‘zlagan Xalqaro taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi direktori Geri Robbinsga ko‘ra, “JSTga a'zolik O‘zbekistonning xalqaro savdo jamiyatiga a'zoligi hamda uning aslida biznes uchun ochiq mamlakat ekani xususida butun dunyoga ishora berishi mumkin. O‘zbekistonning bu tashkilotga qabul qilinishi uning JSTga a'zo mamlakatlar, jumladan Qo‘shma Shtatlar bilan ham ikki tomonlama savdo munosabatlarini kuchaytiradi.”
Seminar Idoralararo kengash boshchiligida Tashqi savdo vazirligi raislik qiluvchi JSTga a'zolik bo‘yicha yo‘l xaritasining amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Iqtisodiyot vazirligiga qishloq xo‘jaligi, standartlar, intellektual mulk, bojxona va savdo sohasida xizmat ko‘rsatish kabi masalalarga javobgar turli hukumat idoralari bilan JSTga a'zolikni muvofiqlashtirish vazifa etib yuklatildi.
Jahon savdo tashkiloti mamlakatlar o‘rtasidagi savdo tartib-qoidalari bilan shug‘ullanuvchi yetakchi xalqaro tashkilot sanaladi. JSTga a'zolik butun dunyoda qoida va tartiblarni muntazam ravishda tatbiq etish orqali raqobatbardoshlik va savdo-sotiqni oshirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
21:34 / 27.11.2024
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
19:34 / 27.11.2024
FQB tomonidan eng ko‘p qidirilgan shaxs Buyuk Britaniyada hibsga olindi
09:19 / 27.11.2024
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
23:52 / 26.11.2024