Jamiyat | 13:13 / 15.05.2018
8858
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanida pichoqbozlik yuz berdi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 13 may kuni pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida yashovchi Sh.A. A.Donish ko‘chasida joylashgan “Ziyoda” kafesi oldida o‘zaro janjal oqibatida Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi N.U. va Zangiota tumanida yashovchi  E.T.ning ko‘krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada N.U. va E.T. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.A. qo‘lga olingan.

 

Mavzuga oid