Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Eron neftiga pul to‘lashda dollardan yevroga o‘tmoqchi
Foto: AP
Yevroittifoq Erondan keluvchi neftga to‘lovni amalga oshirishda dollardan yevroga o‘tishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda RIA «Novosti» Bryusseldagi diplomatik manbaga asosan xabar berdi.
«Men shunday ma'lumotga egamanki, YeI Eron neftiga to‘lovni amalga oshirishda AQSh dollaridan yevroga o‘tish niyatidadir», - deya aytib o‘tgan manba.
YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq davlatlari kelayotgan bir necha hafta ichida Eron bilan iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqishga kelishib olgan.
Ma'lum bo‘lishicha, gap neft va gaz, neft mahsulotlari bilan savdo qilishni davom ettirish hamda samarali bank tranzaksiyalari haqida ketyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Trampning neft bozoridagi ikkiyoqlama o‘yini haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
FT: Eron hukumati namoyishlarni qo‘llagan kompaniyalar va tadbirkorlarning mulkini musodara qilmoqda
15:48 / 20.01.2026
Tramp nega Erondagi namoyishchilarga yordamga kelmadi?
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
15:17 / 19.01.2026