Eron neft vaziri Bijon Zangoniyning ma'lum qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp neft bozorida ikkiyoqlama öyin olib bormoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

«Prezident Tramp neft bozorida ikkiyoqlama öyin olib bormoqda. OPeKning ba'zi a'zolari AQŞning noğorasiga öynayapti. AQŞ slanets neftini qazib oliş hajmini oşirişga urinmoqda. Tramp, bir tomondan, neftga yuqori narxlarni qöllab-quvvatlamoqda va OPeK ittifoqçilari bilan kelişuvga erişdi. Biroq, boşqa tomondan, u davlat darajasida OPeKni benzinga baland narxlarda ayblamoqda», - deya aytib ötdi Zangoniy.

Uning qayd etişiça, OPeK qarorlarni mustaqil ravişda qabul qilişi lozim. Vazirning ta'kidlaşiça, OPeK uzoq muddatli istiqbolda neftga bir barrel uçun 60-65 dollarlik narxdan manfaatdordir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bank of America neft narxi keskin kötarilib ketişini taxmin qilgandi.