Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShga Koreya yarim oroli bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh va KXDR bilan muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa davlatlarni Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatish imkoniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, xalqaro hamjamiyat KXDR hukumati mintaqada tinchlikni ushlab turish uchun amalga oshirgan sa'y-harakatlarini tan olishi lozim.
Van I Parijga amalga oshirgan tashrifi davomida shunday bayonot bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQSh bilan sammitni bekor qilish haqida tahdid qilgandi. Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kim Ke Gvan bayonotida aytilishicha, KXDR Iroq va Liviyaning yo‘lidan ketmoqchi emas. Uning fikricha, bu davlatlarda, ular g‘arb mamlakatlariga bo‘ysunganidan keyin tanazzul yuz berdi.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026