Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Moldovadagi ofisi yil oxirigacha yopiladi - Dodon
Moldova prezidenti Igor Dodonning «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, NATOning Kishinyovdagi ofisi joriy yil oxiriga qadar yopilishi mumkin.
«Eslatib o‘taman, men NATOning Kishinyovdagi ofisiga har doim qarshi bo‘lganman. Katta ehtimol bilan parlament saylovlaridan so‘ng, joriy yilning oxirida alyans ofisi yopiladi», - dedi Dodon.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kishinyovda NATOning xabardor qilish bo‘yicha ofisining ochilishi alyans davlatlari Moldova aholisini neytralitetdan voz kechishga ishontirmoqchi ekani bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat moldovanlar geosiyosiy qarama-qarshilikda ishtirok etishni xohlashmayapti.
Shuningdek, prezidentning ta'kidlashicha, alyans Moldovada mustahkamlanib olmoqchi, sababi unda Rossiyaga imkon qadar yaqin yerda joylashish ehtiyoji bor.
«Ular Rossiya Federatsiyasi chegaralariga imkon qadar yaqinlashib olishni xohlamoqda», - deya qayd etib o‘tdi Dodon.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Rossiya armiyasi yigirma yillik tanazzuldan so‘ng tiklanayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026