Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO: ruslar armiyasi yigirma yillik tanazzuldan so‘ng tiklanmoqda
Foto: AFP
So‘nggi o‘n yil davomida Rossiya armiyasining tiklanishi bo‘yicha «jiddiy daraja» kuzatilmoqda. Bu haqda NATO tadqiqot bo‘linmasi tahlilchisi Diyego Ruis Palmerning hisobotida aytiladi, u alyans Mudofaa kolleji tomonidan e'lon qilindi, deb xabar beryapti RIA «Novosti».
«2009 yildan beri shu narsa aniq ko‘rinish kasb etib bormoqdaki, Rossiya Qurolli kuchlari deyarli yigirma yillik tanazzul va «sovuq urush» tugaganidan keyingi e'tiborsizlikdan so‘ng tez tiklanmoqda. Ushbu o‘n yilda tiklanish ko‘lami ancha sezilarli», - deyiladi ekspert hisobotida.
Uning fikricha, Rossiya hozirgi vaqtda kutilmagan mashqlarni o‘tkazishi va o‘quv tayyorgarligiga 60 minggacha kishini jalb etishi mumkin bo‘lgan «Yevropadagi yagona mamlakat» bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Ruis Palmerning ta'kidlashicha, Suriyadagi amaliyotlar tajribasi «rossiyalik harbiylarning tezkor ko‘nikmalari va salohiyati uchun yangi asos yaratdi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchi samolyotlari payqalganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:26 / 14.03.2026
Mers AQShning Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni yumshatishini qoraladi
16:28 / 14.03.2026
Rossiyaning Xarkiv viloyatiga zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
13:37 / 14.03.2026
Zelenskiy: AQSh sanksiyalarni yumshatishi Rossiya pozitsiyasini faqat mustahkamlaydi
13:27 / 14.03.2026