Jahon | 11:49 / 18.05.2018
16583
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreya bilan muloqotni to‘xtatish borasida tahdid qildi

Foto: AP

Shimoliy Koreyaning Tinch birlashuv bo‘yicha qo‘mitasi raisi Li Son Gvonning ma'lum qilishicha, Koreya Respublikasi hukumati bilan muloqot to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Chosun Ilbo Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar qilmoqda.

«Shimol va Janub o‘rtasida oliy darajadagi muloqot to‘xtab qolishiga olib kelayotgan jiddiy vaziyatga yechim topilmasa, Janubiy Koreyaning hozirgi rejimi vakillari bilan hech qachon yuzma-yuz ko‘risha olmaymiz, deb qo‘rqaman», - deya Li Son Gvonning so‘zlari keltiriladi.

Uning ta'kidlashicha, Koreyalararo muloqot kelajagi Koreya Respublikasi hukumatining xatti-harakatlariga bog‘liqdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In ikki yil ichida birinchi marta partiya harbiy komissiyasini chaqirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid