Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada uch kunlik motam e'lon qilindi
Kuba davlat kengashi Gavana aeroportida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan rasmiy motam e'lon qildi. Bu haqda Cubadebate qarorga asosan xabar bermoqda.
«Kuba Respublikasi davlat kengashi aviahalokat munosabati bilan 19 maydan 21 mayga qadar rasmiy motam e'lon qilish haqida qaror qabul qildi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, mamlakat davlat kengashi davlat hokimiyati organlari va harbiy obektlar binolarida davlat bayroqlarini tushirib qo‘yish haqida ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kubada halokatga uchragan samolyot haqida yangi ma'lumot berilgandi.
Samolyot 18 may kuni Gavanadagi aeroportdan ko‘tarilishi bilanoq halokatga uchragan. U Olginga uchayotgan bo‘lib, bortida 104 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
17:56 / 22.05.2026
Rubio Kubani AQSh uchun tahdid deb e’lon qildi
22:52 / 20.05.2026