Gavanada halokatga uchragan samolyot avariyadan avval elektr uzatish tarmoqlariga kelib urilgan. Bu haqda Cuba TV telekanali xabar qilmoqda.
«Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot aeroportga qaytish uchun ortga burilgan va elektr uzatish liniyalari bilan to‘qnashgan», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, ilk qutqaruvchilar voqea joyiga halokatdan 12 daqiqa o‘tib yetib kelishgan.

Samolyot 18 may kuni Gavanadagi aeroportdan ko‘tarilishi bilanoq halokatga uchragan. U Olginga uchayotgan bo‘lib, bortida 104 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.














