Sport | 23:31 / 19.05.2018
14003
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi kichik hisobda Eronga yutqazdi

Foto: UFA matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Terma jamoamiz bu bahsda legionerlarsiz va yoshlar tarkibi bilan ishtirok etdi. Aytish joizki, futbolchilarimiz raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. 

17-daqiqada Chashmiy burchakdan oshirilgan to‘pni terma jamoamiz darvozasiga yo‘llab, hisobni ochdi. Shundan so‘ng, futbolchilarimizda gol urish uchun bir qancha imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo, hujumlarni golga aylantirishda ba'zan mahorat yetishmagan bo‘lsa, ba'zan tajribasizlik pand berdi.

O‘rtoqlik o‘yini
19 may, Tehron, «Ozodiy» stadioni
Eron - O‘zbekiston - 1:0
Gol: Chashmiy (17)

Eron: Amir Obidzoda (Husayn Husayniy, 46), Vurya G‘ofuriy (Jalol Husayniy, 46), Muhammad Rizo, Majid Husayniy, Ali G‘oibzoda, Ro‘zbeh Chashmiy (Said Izzatullohiy, 46), Karim Ansorifard (Vohid Amiriy, 70), Ehson Hojisafiy (Pejmon Muntaziriy, 59), Mehdiy Turobiy, Rizo G‘uchannajod, Mehdi  Torimiy (Milod Muhammadiy, 68).
O‘zbekiston:1.Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov (13.Islom Qobilov, 70), 4.Akrom Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (14.Xurshid G‘iyosov, 78), 9.Zabihillo O‘rinboyev (11.Andrey Sidorov, 83), 10.Aziz Turg‘unboyev (23.Jasur Yaxshiboyev, 77), 17.Jaloliddin Masharipov (8.Islom Kenjaboyev, 88), 20.Doston Tursunov, 22.Javohir Sidiqov (18.Sardor Sobirxo‘jayev, 68).
Zaxira: 12.Rahimjon Davronov, 21.Umid Ergashev, 3.Xojiakbar Alijonov, 16.Doniyor Narzullayev.
Ogohlantirishlar: Majid Husayniy 90.

Mavzuga oid