Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va AQSh savdo urushiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi
Xitoy va AQSh savdo urushi olib bormaslik va o‘zaro boj to‘lovlari kiritishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe Vashingtondagi muzokaralar natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
Foto:Qilai Shen/Bloomberg
“Bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy maslahatlashuvlarning asosiy natijasi tomonlar savdo urushi olib bormaslik va o‘zaro boj to‘lovlari kiritishni to‘xtatishga kelishib olishgani bo‘ldi”, deb ma'lum qilgan Lyu Xe jurnalistlarga.
Uning ta'kidlashicha, Pekin va Vashington o‘rtasidagi azaliy savdo-iqtisodiy bahslarni hal qilish uchun ko‘p vaqt talab etiladi. “Kelgusida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish davomida yangi qiyinchilik va ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin, biroq biz bosiqlik ko‘rsatib, muloqotni qo‘llab-quvvatlashimiz va muammolarni unumli hal qilishimiz kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Xitoy vakili.
Vashingtonda 17-18 may kunlari AQSh va Xitoy savdo delegatsiyalari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uning yakuniga ko‘ra tomonlar AQShning Xitoy bilan savdodagi savdo defitsitini qisqartirishga, Xitoyga AQShning mahsulotlari va xizmatlari eksportini ko‘paytirishga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
22:10
Soatiga 41,7 mln dollar: Eronga qarshi urush AQShga qanchaga tushyapti?
13:19
Eron o‘z qo‘shnilarining fuqarolik obektlarini bombalashi to‘g‘rimi?
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026