Jahon | 11:47 / 21.05.2018
28811
2 daqiqa o‘qiladi

«Siyosiy sharmandalik». Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv borasida ikkilanmoqda

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12 iyunga rejalashtirilgan sammit bo‘yicha xavotirda. Bu haqda The New York Times vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qildi.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp uchrashuv siyosiy sharmandalik bilan yakunlanishi mumkin ekanidan xavotirda, hamda o‘z yordamchilaridan bu borada qanday qadam qo‘yish kerakligi lozimligini so‘ramoqda. AQSh prezidenti Pxenyanning sammitdan voz kechishga tayyorligi haqidagi bayonotlaridan ham hayratga tushgan.

Bundan tashqari, Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga qo‘ng‘iroq qilib, KXDRning so‘nggi bayonotlari nega avval aytilgan so‘zlarga mos kelmayotgani bilan qiziqqan.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidentining maslahatchilari Tramp mo‘ljallanayotgan sammitga juda katta qiziqish bildirayotganidan tashvishdalar. Shuningdek, ular prezidentning Shimoliy Koreya yadroviy dasturi bo‘yicha xabardorlik darajasiga ishonchlari komil emas.

Biroq, gazetaning qayd etishicha, Tramp hozirgacha Kim Chen In bilan uchrashuvdan butunlay voz kechish xohishida ekanini bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik senator KXDRga harbiy harakatlar bilan tahdid qilgandi.

 

Mavzuga oid