Pxenyan AQŞ prezidenti Donald Trampni muzokaralar davomida aldaşga urinib körsa, KXDR muammosiga harbiy yeçim topiş yagona ehtimoliy variantga aylanadi. Bu haqda respublikaçi senator Lindsi Grem Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

"Agarda ular [KXDR vakillari] kelişmasa [muzokaralarga] – bu diplomatiya yakunlanganini anglatadi, agarda ular Tramp bilan öyin qilişga urinişsa – bu harbiy mojaro yagona ehtimoliy variantga aylanişini bildiradi, hamda, agarda Şimoliy Koreya bilan harbiy nizo yuz beradigan bölsa, biz emas, balki ular mağlub böladi", - dedi Grem.

Senatorning sözlariga köra, Tramp unga KXDR muammosini davlat rahbari lavozimidagi hozirgi muddati davomida hal qiliş istagida ekanini aytgan. "Prezident Tramp menga uç kun avval şuni aytdiki, buni har ikki tomonga ham zarar yetkazmagan holda hal qilmoqçi", - deya ta'kidlab ötdi Grem. Senatorning körsatişiça, prezident buning "imkoni bor", deb hisoblaydi.

"Biroq, agarda ular [KXDR vakillari] boş tortişsa [muzokaralardan], agarda ular u bilan [Tramp bilan] öyin qilişsa, unda biz Şimoliy Koreyadan Amerika uçun kelayotgan tahdidni yöqqa çiqaramiz, hamda bu juda yoqimsiz körinişda sodir bölişi mumkin", - deya qayd etib ötgan Grem.

Senatorning ta'kidlaşiça, AQŞ KXDR yetakçisi Kim Çen Inni töntarib taşlaş yoki bu davlatda demokratiyani örnatiş niyatida emas. "Biz ularni yadro qurolini yaratiş böyiça dasturdan voz keçişga majbur qilmoqdamiz", - dedi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ bombardimonçilari KXDR tufayli öz yönalişini özgartirgani xabar berilgandi.