Jahon | 16:48 / 22.05.2018
8188
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalari noqonuniy – Rossiya 

Foto: AFP/ DON EMMERT

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin AQSh tomonidan Venesuelaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni noqonuniy, deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Venesueladagi vaziyatni keskinlashtirish hamda unga sanksiyalar yoki iqtisodiy tahdidlar bilan bosim o‘tkazish samara bermaydi. Bu xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham noqonuniy», - deya aytib o‘tdi Pankin.

Uning ta'kidlashicha, xalqaro huquqning boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik bo‘yicha bazaviy prinsiplaridan kelib chiqadigan ko‘plab mamlakatlar, Venesuelada bo‘lib o‘tgan saylovlarni qonuniy, deb ko‘rmoqda.

«Afsuski, jahon hamjamiyatida nimani qonuniy, nimani noqonuniy, deb hisoblash borasida ma'lum bir bo‘linish bor», - deya qayd etib o‘tgan u.

Shuningdek, Pankinning ko‘rsatishicha, ko‘plab qo‘shni davlatlar qat'iy pozitsiyani egalladi, u «Vashingtonning xohish-istaklariga o‘xshash ekani bilan ajralib turadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Putin, Tszinpin va Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirgandi.

Mavzuga oid