Jahon | 10:05 / 22.05.2018
3420
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR janubiy koreyalik jurnalistlar ro‘yxatini 3-marta tasdiqlamadi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya rahbariyati Janubiy Koreyadan bo‘lgan jurnalistlar ro‘yxatini tasdiqlashdan uchinchi marta bosh tortdi. OAV xodimlari Pungeridagi yadroviy poligonni buzish ishlarini yoritishi kerak edi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap».

«Biz ro‘yxatni Pxanmunjom aloqa kanali orqali bugun soat 09:00 (Toshkent vaqti bilan 05:00)da topshirishga harakat qilib ko‘rdik, biroq KXDR uni qabul qilishdan bosh tortdi», - deya ma'lum qilgan Janubiy Koreyaning Milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi vakili.

Shuningdek, u janubiy koreyalik jurnalistlarga kirish uchun ruxsatnoma olishga xalaqit berayotgan qiyinchiliklar tufayli afsusda ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens AQSh KXDRga nisbatan hech qachon harbiy variantni istisno etmagani haqida aytib o‘tgandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid