Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chada vafot etgan livanlik gadoy ayol millioner bo‘lib chiqdi
Livan politsiyasi Bayrut ko‘chasida yurak xurujidan vafot etgan 52 yoshli Fotima Otmanni aniqladi. Uning yonidan hisob raqamida 1,7 mlrd Livan funti (1,1 mln dollar) bo‘lgan omonat daftarchasi topilgan. Bu haqda Al Arabiya nashri ma'lum qildi.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayol Livandagi fuqarolik urushi vaqtida jarohat olgan va tanasi qisman falajlanib qolgan. Ma'lum qilinishicha, ayol 20 yil davomida gadoychilik bilan shug‘ullanib, ijaraga olingan mashina ichida yashagan. Mashina tekshirilganda uning ichidan 5 mln funt (3 ming dollar) topilgan.
Politsiya ayolning jasadini yaqinlariga topshirgan. Ayolning yaqinlari u to‘plagan pul miqdoridan “yoqalarini tishlashgan”.
Mavzuga oid
09:20 / 08.06.2026
Eron va Isroil zarbalar almashdi
14:11 / 04.06.2026
“Tramp va Netanyahu janjali doka ro‘mol qurishidek gap” – siyosatshunos
08:21 / 04.06.2026
AQSh: Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
17:02 / 03.06.2026