Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR janubiy koreyalik jurnalistlarga «rozilik» berdi
Foto: AFP
Shimoliy Koreya hukumati «Pungeri» yadroviy poligonining yopilishida ishtirok etuvchi janubiy koreyalik jurnalistlar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, KXDR bunga qadar Janubiy Koreyadan bo‘lgan jurnalistlar ro‘yxatini bir necha marta rad etdi.
Bundan avval bortida xorijiy jurnalistlar bo‘lgan samolyot Shimoliy Koreyaning Vonsan shahri yaqinida joylashgan Kalma aeroportiga qo‘ngani haqida xabarlar tarqaldi. Shu bilan birga, matbuot vakillari «Pungeri» poligoniga bugun, 23 may kuni boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va AQSh yetakchilari sammitining o‘tkazilish ehtimoli 99,9 foizga baholangandi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025