Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatidagi milliy xavfsizlik böyiça boşqarma boşliği Çon Iy Yonning fikriça, 12 iyunga rejalaştirilgan KXDR va AQŞ yetakçilari sammiti rejaga köra bölib ötişi deyarli aniq.

"Bizning fikrça, KXDR-AQŞ sammiti rejaga köra bölib ötişi ehtimoli 99,9 foizni taşkil etadi. Biroq, biz turli voqealar rivojiga ham tayyorgarlik körmoqdamiz", - deya amaldorning sözlarini keltiradi Ryonxap agentligi.

Çon Iy Yon AQŞga amalga oşirilayotgan taşrifda Mun Çje Inga hamrohlik qilmoqda. Uning sözlariga köra, yetakçilar “AQŞ-KXDR sammitini muvaffaqiyatli ötkaziş masalalari böyiça oçiq muhokamalar ötkazadi, şuningdek, jiddiy kelişuvlar va ularni amalga oşiriş yöllari körib çiqiladi”.

"Janubiy Koreya va AQŞ eng kiçik ma'lumotni ham bir biri bilan almaşmoqda va qalin aloqada bölib turibdi. Bizning fikrça, Janubiy Koreya hamda AQŞ yetakçilarining hozirgi muzokaralari yaxşi natija beradi. Unda KXDR masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi", - deya ta'kidlab ötdi Çon Iy Yon.

Bundan taşqari, amaldor New York Times gazetasining Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan özaro uçraşuvni ötkaziş masalasi böyiça ma'muriyat vakillari bilan maslahatlaşayotgani haqidagi xabarini rad etdi. 

"Bu ham yetakçilarning telefon orqali muloqotida, ham mamlakatlarimiz Milliy xavfsizlik kengaşlari vakillarining muzokaralarda tilga olinmadi", - deya ta'kidlab ötdi Çon Iy Yon.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen In bilan uçraşuv borasida ikkilanayotgani xabar berilgandi.