Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Donbassdagi vaziyat keskinlashishiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi
Foto: RIA Novosti /Mixail Voskresenskiy
Donbassdagi vaziyat AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker tashrifi tufayli yanada keskinlashgan. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Kurt Volker Ukrainaga 14 may kuni tashrif buyurdi. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, u qator «yoqimsiz bayonotlar» bergan, buning o‘rniga esa Kiyevdan mojaroni keskinlashtirishni bas qilish haqida talab qilishi kerak edi.
«Ular orasida amerikalik vakilning Donbass respublikalari bor ekanini tan olishdan bosh tortishi ham bor. Bu holat u Minsk kelishuvlarini o‘qimagani yoki aniq narsani ham ko‘rishni istamayotganidan dalolat beradi», - deya ta'kidlab o‘tdi Zaxarova.
Uning qayd etishicha, Volker «olovga moy quymoqda» va o‘zini mojaroda ishtirok etayotgan tomonlardan birining vakili sifatida his etmoqda. Shuningdek, Zaxarovaning ko‘rsatishicha, AQSh maxsus vakili jo‘nab ketgach, Ukraina qurolli kuchlari harbiy hujumlarni faollashtirgan.
«Volkerning Kiyev xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi Ukraina hukumati tomonidan harbiy qadamlarga aniq indulgentsiya sifatida qabul qilinyapti», - deya xulosa qilgan TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik deputat Qrim ko‘prigini yo‘q qilib tashlash kerakligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 14.01.2026
Moskva markazida yana Miusskaya qor tepaligi paydo bo‘ldi – fotosuratlar
19:16 / 14.01.2026
Ukrainada yana korrupsiya mojarosi: Yuliya Timoshenko Rada deputatlarini sotib olishda ayblanmoqda
15:42 / 14.01.2026
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
15:27 / 14.01.2026