Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi
Arxiv foto/tiroz.org
Bugun Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda tashrif doirasida “Hayatt Regency Tashkent” mehmonxonasining konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonovning Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Hamro Rahimzoda bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:09
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
15:37 / 19.03.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
14:51 / 17.03.2026
Poytaxtda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan onlayn tarmoq fosh etildi
15:10 / 13.03.2026