Jahon | 16:20 / 24.05.2018
17153
1 daqiqa o‘qiladi

KXDRda yadroviy poligon buzib tashlandi

Shimoliy Koreyadagi «Pungeri» yadroviy poligonida mamlakat harbiylari uchta sinov shaxtasi, yer ustidan kuzatish punktlari, qo‘riqlash inshootlari, shuningdek, poligonga xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan boshqa obektlarni buzib tashlashdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, buzish ishlari KXDR Yadro quroli instituti tomonidan amalga oshirilgan va bu yadroviy sinovlarni o‘tkazish qarori qat'iy ekanini ochiq ko‘rsatib berish maqsadida qilindi.

Foto: REUTERS /DigitalGlobe /Maxar company

«Pungeri» yadroviy poligonidaagi sinov shaxtalari hamda inshootlarning portlatilishi natijasida atrof-muhitga radioaktiv materiallar sizib chiqishi kuzatilmadi», - deyiladi institut bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada xorijiy jurnalistlar kuchli yomg‘ir tufayli «Pungeri» yadroviy poligoniga bora olishmayotgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid