Şimoliy Koreyada xorijiy jurnalistlar kuçli yomğir tufayli «Pungeri» yadroviy poligoniga bora olişmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» safar taşkilotçilariga asosan xabar berdi.

«Ob-havo şaroitlari özgarişini kutmoqdamiz. Biz tor söqmoqdan toğ tepasiga kötarilişimiz kerak, u yerda esa sirpançiq bölişi mumkin», - deya ma'lum qildi agentlik manbasi.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, taşkilotçilar «xorijiy mehmonlarning hayotini xavf ostiga qöyişmoqçi emas».

Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya hukumati «Pungeri» yadroviy poligonining yopilişida iştirok etuvçi janubiy koreyalik jurnalistlar röyxatini tasdiqlagani xabar berilgandi.